XARDAVDON
XARDAVDON (Halimocnemis villosa Kar. et. Kir.) — sho’radoshlarga mansub bir yillik sershox o’t. Bo’yi 3-25 santimetr, kiska va uzun tuklar bilan qoplangan. Barglari kalami, semiz, uzunligi 20-50 millimetr. Gulqo’rgoni oddiy, 4 ta nashtarsimon bo’lakchadan iborat, ularning pastki qismi meva etilishi oldidan qo’shilib ketadi va qattiqlashadi. Xardavdon iyun — sentabrda gullab meva beradi. O’zbekistonda sho’rxok, qumoq, mayda chag’irtoshli, loy tuproqli va kumlierlarda keng tarqalgan. Qorako’l qo’ylari va tuyalarga ozuqa.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz