XAOS



XAOS (Yunoncha chaos — tartibsizlik) — yunon mifologiyasida azaliy cheksiz fazo. Olamning yaratilishigacha mavjud bo’lgan. Xaos — koinot manbai, u Geya (yer), Erot (sevgi), Ereb (qorong’ulik) va Nyukta (tun)ni yaratgan, ulardan esa go’yo yerda yashovchi barcha narsa paydo bo’lar emish. Kuchma ma’noda — boshdanoyoq tartibsizlik, chigallik.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz