XANGAY



XANGAY — Mongoliyaning Markaziy qismidagi tog’lik. Uzunligi 700 kilometr chamasida, eni 200 kilometrgacha, balandligi 2000-3000 metr, eng baland joyi 3905 metr (Otxontangri tog’i). Granit, slanes, qumtosh va basalt jinslaridan tuzilgan. Cho’qqilari yassi, yon bag’irlari keng vodiylar bilan parchalangan. Landshafti quruq tog’ Dashti, shimoliy yon bag’irlarida tilog’och o’rmonlari bor. Rezervatlar tashkil etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz