XALXA
XALXA (mo’g’ulcha xalx — qalqon, yopinchiq) — shimoliy Mongoliya hududining tarixiy nomi (etnonim sifatida Aholisi nomida saqlanib qolgan). Mo’g’ul yilnomalarida 15-asrda 5 ta o’toq (otok) dan iborat bo’lgani qayd etilgan. 17-asrda Xalxa 7 xoshunga yoki 13 o’toqqa, manjurlar davrida — 3 aymoqqa, keyinchalik 4 ga bo’lingan. Ularning tepasida xonlar turgan. Hozir Xalxa MXRning asosiy qismini tashkil etadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz