XALTALI IBLIS



XALTALI IBLIS, Tasmaniya iblisi, Tasmaniya shaytoni (Sarcophilus harrisii) — yirtqich xaltalilarga mansub sut emizuvchi hayvon. Urug’ning yagona turi. Gavdasining uzunligi 50 santimetrga, dumi 25 santimetrga yaqin. Tanasi miqti, oyoqlari kalta. Orqa oyoqlarida 1-barmog’i bo’lmaydi. Xaltasi tanasining keyingi qismiga ochiladi. Sut bezlari so’rg’ichi 4 ta. Yirtqich va oziq tishlari kuchli rivojlangan. Tasmaniya oroli buta va chakalakzorlarida yashaydi. Etxo’r. Yiliga 1 marta 4 tadan bolalaydi. Parrandachilikka ziyon keltirgani sababli ko’plab ovlangan. Soni kamayib ketgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz