XALQOBOD
XALQOBOD — Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1966 yildan). 1948 yilda issiqlik elektr markazi va “O’zbektomyopqich” kombinatining qurilishi (1965) munosabati bilan vujudga kelgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Pop (3 kilometr). Aholisi 8 ming kishi (2003). Xalqobodda o’ramli tom yopqich ashyolar kombinati (ruberoid, Pergamin, karton, izolyasiya materiallari ishlab chiqarish), noto’qima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi mavjud. Umumiy ta’lim maktablari, 2 kutubxona, sog’lomlashtirish punktlari, poliklinika bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz