XAGGINS (HUGGINS) CHARLZ BRETON



XAGGINS (HUGGINS) CHARLZ BRETON (1901.22.9, Galifaks, Kanada) — amerikalik xirurg va onkolog; AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1949 yildan). 1927 yildan Chikago universitetida ishlagan (1936 yildan xirurgiya professori). 1951— 69 yillarda Benmey klinikasida rakni tadqiqot qilish laboratoriya direktori. Xaggins Prostata bezi rakini davolashda ilk bor gormonlarni qo’llab, gormonoterapiyaga asos soldi, bu rak kimyoterapiyasi rivojiga olib keldi. Nobel mukofoti laureati (1966, Rous F.P. bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz