XABERTIOZ
XABERTIOZ — chorva mollarining invazion kasalligi. Ko’proq qo’ylarda uchraydi, ularning yo’g’on ichagida parazitlik qiluvchi Chabertia ovina nematodalari qo’zg’atadi. Hayvonlar invatsion lichinkalarni suv yoki o’t bilan yutganda zararlanadi. Kuchli oriqlash, junning hurpayishi va to’kilishi, kamqonlik va ich ketish bilan kuzatiladi. Yosh mollar o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Davosi: 1 kilogramm vazniga 0,5 gramm fenotiazin yoki 0,5 gramm diterezinni ho’llangan kepakka yoki boshqa emga qo’shib berish; nilverm preparatini teri ostiga yuborish yoki ichirish; 1 % li formalin aralashmasi bilan chuqur klizma qo’yish. Oldini olish: hayvonlar yaylovga chiqarishdan oldin gelmintsizlantiriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz