XABAR BERMASLIK



XABAR BERMASLIK (jinoyat huquqida) — Odil sudlovga qarshi Jinoyat turi. Tayyorgarlik ko’rilayotgan yoki sodir etilgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat haqida aniq bilgani holda davlat hokimiyati yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilmaslik jinoyatga daxldorlik hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining amaldagi JKda buning uchun jazo chorasi belgilangan (241-moddaning 1-qismi). Jinoyat haqida Xabar bermaslikning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyat huquqi nazariyasida ham, Jinoyat qonunida ham ta’kidlab o’tilgan. Qonunda faqat og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar haqida xabar bermaganlik uchungina javobgarlik belgilangan. Agarda shaxs ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar to’g’risida xabar bermaydigan bo’lsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz