V.P. Chkalov Nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasi
Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi davlat aksiyadorlik jamiyati (DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI, V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi — aviatsiya sanoatining samolyotsozlik sohasidagi yirik korxonasi. 1972-yilda tashkil etilgan. Toshkent aviatsiya zdi (bosh korxona), Andijon mexanika zdi, Fargʻona mexanika zdi va Toshkent kislorod zdini oʻz ichiga oladi. Birlashmada samolyot yigʻiladi, uning turli detal va uzellari tayyorlanadi, shuningdek, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqariladi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-yil 14 oktabr) Moskva viloyati Ximki shahridan koʻchirib keltirilgan zd asosida Toshkent aviatsiya zdi barpo etildi. Dastlab PS84 samolyotlari ishlab chikarilgan, keyinchalik bu samolyot LI2 (Lisunov2) nomi bilan chiqarila boshlagan. 1953-yildan IL14, 1958-yildan turli tipdagi transport samolyotlari chiqariddi. 1966-yildan AN22, 70-yillar boshlaridan IL76 samolyotlari ishlab chiqarila boshladi. 90-yillarda ham uning asosiy maxsuloti IL76 MF transport samolyotlari boʻldi. 1992-yildan mahalliy havo yoʻllarida qatnashga moʻljallangan va 64 oʻrinli Il114 samolyotlarini ishlab chiqarish. oʻzlashtirildi. 3dda AN70, „Mriya“, „Ruslan“ samolyotlari qanotlari va boshqa qismlari tayyorlangan. 1996-yil may oyidan ochiq turdagi davlat aksiyadorlik jamiyati. Korxonaning yigʻuvchi slesari E. H. Alimuhamedovga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan (1995).
2014-yilda yopilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org