VOLTA
VOLTA — ingichka paxta tolasidan polotno o’rilishda to’qiladigan ipakdek mayin ip-gazlama. Fakturasi (to’qilishi) jihatdan batistga yaqin turadi, lekin undan bir oz dag’alroq bo’ladi. Ko’pincha, rang-barang gullar bosib, och va yorqin ranglarga bo’yab, ba’zan oxorlab va guldor qilib ishlab chiqariladi. Voltadan ayollarning engil yozgi ko’ylaklari va ich kiyimlari tikiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz