Vohidov Vosit Vohidovich
Vosit Vohidovich Vohidov (1917—1994) — mashhur jarroh, olim, O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordam maktabining asoschisi. Kelib chiqishi o‘zbek.
Tibbiyot fanlari doktori (1962), professor, O‘zbekiston FA akademigi.
1917 yil 13 dekabr kuni Janubiy Qozog‘istonning Turkiston o‘lkasida, dehqonlar oilasida tavallud topgan.
Vohidovlar oilasi Turkiston shahri yaqinida joylashgan yerlarda dehqonchilik qilishgan. Otasi — Abduvohid Xolmetov, 9 farzandning otasi bo‘lgan bo‘lib, uning ikki nafar farzandi bolaligida hayotdan ko‘z yumgan va Vosit otasiga kichik ukasi bilan birgalikda xo‘jalik ishlarida yordam bera boshlaydi. Onasi — Xolmetova Hojar uchun oila va farzandlar tarbiyasi muhim edi.
1939 yil Toshkent tibbiyot institutini yakunlaydi. Nomzodlik dissertatsiyasini “Funksiya podjeludochnoy jelezi pri gnoynix zabolevaniyax” (yiringli kasalliklarda oshqozon osti bezi vazifalari) mavzusida 1950 yil himoyalaydi. Doktorlik dissertatsiyasini esa “Prevral bitishmalar va o‘pka qon almashinishida ularning qon tomirlari qiymati” mavzusida 1962 yil himoyalaydi. 1973 yil 27 noyabr kuni Sovet Ittifoqining 70-sonli Qarori e’lon qilinadi, 1973 yil 6 dekabrda esa Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i chiqadi va unga ko‘ra Umumittifoq klinik va tajribiy jarrohlik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent shahridagi bo‘limi ochiladi. Ana shu shifohona jarrohlik bo‘limi boshlig‘i, professor Vosit Vohidovich Vohidov direktorlik lavozimiga loyiq deb topiladi. U Umumittifoq klinik va eksperimental xirurgiyasi ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent shahridagi filialini tashkil qildi va umrining oxiriga qadar u yerda direktor bo‘lib ishlaydi.
O‘zbekiston qahramoni.
180 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi bo‘lib, ularning deyarli barchasi jarrohlik, o‘pka kasalliklari, umurtqa organlari, o‘tpufak yo‘llari, jigar, oshqozon, yurak, oyoqlar, qorin bo‘shlig‘i kasalliklari jarrohligi va boshqalarga bag‘ishlangan.
15 nafar doktor va 60 ta fan nomzodlarini tayyorlagan. Butunjahon jarrohlar uyushmasining chinakam a’zosi, “Meditsinskiy jurnal Uzbekistana” (O‘zbekiston tibbiyot jurnali) muharriri, Pirogova nomidagi “Xirurgiya” jurnalining Tahrir kengashi a’zosi.
1995 yil yuqorida keltirib o‘tilgan O‘zbekistondagi ilmiy-tekshiruv instituti uning nomi bilan atalgan.
Manba: arboblar.uz
Uzpedia.uz