Vodiliy (1893-1965)



Vodiliy (taxallusi; asl ismi So‘fiyev Abdurahmon) (1893, Farg‘ona, Vodil qishlog‘i — 1965, Toshkent) — o‘zbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvg‘in va ta’qiblarda yashagan.

Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan o‘gitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning «Alvohi intiboh» asarlarining o‘zbekcha tabdili Vodiliy qalamiga mansub.

She’rlarida ozodlik yo‘lida kurashgan erksevar vatandoshlarining fikri, niyatlari aks ettirilgan.


TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz