Vladimir Zorin
Vladimir Yuryevich Zorin (1948-yil 9-aprelda tugʻilgan, Vinnitsa, Ukraina SSR) — sovet, rus siyosatchisi, Rossiya Federatsiyasi vaziri (2001—2004).
Tarjimai holi
V.Yu.Zorin 1970-yilda — Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 1991-yilda KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini tamomlagan.
1970-yildan Toshkent xalq xoʻjaligi instituti xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasida iqtisod fanidan dars bergan. Keyinchalik Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasida ishlagan. 1987—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 1986—1993-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti xalq deputati etib saylangan.
1988—1990-yillarda — KPSS Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotibi.
1991—1993-yillarda — SSSR Vazirlar Mahkamasi (oʻsha paytda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzurida) qoshidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining doimiy vakili oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi 1-kotibi.
1993-yil — „Interros“ kompaniyasi birinchi vitse-prezidenti.
1993—1995-yillarda — Moskvadagi 1614-sonli „LIK“ oʻquv-tarbiya majmuasida tarix va ijtimoiy fanlar oʻqituvchisi.
1995—1996-yillarda — Checheniston Respublikasi federal ijroiya hokimiyati hududiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.
1996—2000-yillarda — Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputati, Millatlar ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, NDR fraksiyasi aʼzosi. Moskvadagi 1614-sonli „LIK“ oʻquv-tarbiya majmuasida tarix fanidan dars bergan.
2000-yilda — „Bizning uyimiz — Rossiya“ Butunrossiya ijtimoiy-siyosiy harakati Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi rahbarining oʻrinbosari, „Birlik“ Butunrossiya siyosiy jamoat harakati Siyosiy Kengashi Prezidiumi aʼzosi.
2000—2001-yillarda — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Volga federal okrugidagi vakolatli vakilining oʻrinbosari.
2001—2004-yillarda — Rossiya Federatsiyasi vaziri, milliy siyosatni boshqargan.
2004—2005-yillarda — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Markaziy Federal okrugidagi vakolatli vakili idorasining Lipetsk viloyati boʻyicha bosh federal inspektori.
2005 yil — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Volga federal okrugidagi vakolatli vakili idorasining Nijniy Novgorod viloyati boʻyicha bosh federal inspektori.
2005-yil dekabr — 2009-yil aprel oyi davomida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Volga federal okrugidagi vakolatli vakilining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2009—2019-yillar davomida — Rossiya Fanlar akademiyasining Etnologiya va antropologiya instituti direktorining oʻrinbosari.
2001-yil 5-martdan boshlab Rossiya Federatsiyasining 2-darajali faol davlat maslahatchisi hisoblanadi.
2000-yilda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „1907—1912-yillarda Rossiya III-Davlat Dumasidagi milliy masala“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2003-yilda „Rossiyada davlat milliy siyosati: tarixiy va siyosiy tahlil“ mavzusida siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Rossiya Federatsiyasi Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashi raisining siyosatshunoslik boʻyicha oʻrinbosari (2018-yildan).
Yevroosiyo televideniye va radio akademiyasi, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi, Pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasining faol aʼzosi. Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Milliy masalaga oid bir qancha monografiyalar muallifi. Shuningdek, Yuriy Volodin taxallusi ostida bolalar uchun bir nechta ertak va hikoyalar kitoblarini nashr etgan.
Rasm chizishni yaxshi koʻradi, V.Yu.Zorinning oilaviy kolleksiyasida 300 ga yaqin rasmlar va grafikalar mavjud. Toʻplamning asosini XX asrning soʻnggi choragi — XXI asr boshlaridagi Rossiya viloyatlari rassomlarining asarlari tashkil etadi.
2018-yil 6-noyabrda Zorin „Exo Moskvy“ radiosining „Roskol“ dasturida Yegor Prosvirnin bilan uchrashgan.
Oilasi
Xotini — Zorina Natalya Nikolayevna. Bankda ishlagan.
Vladimir Yuryevich va Natalya Nikolayevnaning toʻrt nafar farzandi — Yelena, Dmitriy, Yuriy, Sergey va olti nafar nabirasi bor.
Bibliografiya
Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Vladimir Zorin haqida aniq ma'lumot berish uchun uning to‘liq ismi yoki faoliyat sohasini bilish muhim. Chunki "Vladimir Zorin" degan ism bir nechta shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin. Quyida umumiy ma’lumot shaklida ba’zi mumkin bo‘lgan Vladimir Zorin shaxslari haqida yozaman.
-
Vladimir Zorin — siyosatchi yoki diplomat:
Ba’zi manbalarda Vladimir Zorin nomi bilan rus diplomatlari yoki siyosatchilar haqida ma’lumot uchraydi. Ularning faoliyati Sovet Ittifoqi yoki Rossiya Federatsiyasida diplomatik sohada kechgan bo‘lishi mumkin.
-
Vladimir Zorin — ilm-fan yoki san’at sohasidagi shaxs:
Ba’zi hollarda Vladimir Zorin nomi ilm-fan, san’at yoki madaniyat sohasida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchi, rassom yoki yozuvchi bo‘lishi ham mumkin.
Agar siz Vladimir Zorin haqidagi ma’lumotni aniqroq sohasini, faoliyatini yoki tug‘ilgan yilini bersangiz, men sizga yanada batafsil va to‘liq ma’lumot taqdim eta olaman.
Shuningdek, agar siz ma’lum bir Vladimir Zorin haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, unga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim eting. Masalan, qaysi sohada faoliyat yuritadi, qayerda ishlaydi yoki boshqa aniqlovchi ma’lumotlar.
Agar sizga kengroq tarixiy, madaniy yoki ilmiy ma’lumotlar kerak bo‘lsa, ayting, shunga qarab yordam beraman.