Vladimir Yegin




Yegin Vladimir Nikolayevich (1952-yil Moskva shahrida tugʻilgan) — SSSR Shaxmat ustasi, Oʻzbekiston chempioni, Xalqaro toifadagi Grossmeyster, Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiyyi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni sohibi

Faoliyati



Yegin Vladimir 1974—1976-yillarda Oʻzbekiston Davlat suv xoʻjaligi va melioratsiya loyihalashtirish-qidirish va ilmiy-tekshirish instituti muhandisi sifatida ish boshlaydi,
1976—1984–yillarga kelib esa u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining „Kibernetika“ instituti katta muhandisi sifatida davom ettirdi. 1984—1992-yillarga kelib Rossiya Federatsiyasi „Krasnaya Zarya“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi katta ilmiy xodimi ish faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Undagi shaxmatga boʻlgan qiziqish va salohiyat 1992—1994-yillarda Oʻzbekistonda Yangiyoʻl shahar oʻquvchilar uyi shaxmat murabbiysi boʻlib ishini davom ettrishga sababchi boʻldi. Oradan ikki yil oʻtgach esa 1994—1996-yillarda Toshkent viloyat shaxmat maktabi murabbiyisi sifatida ishini davom ettridi. Uning bu sohadagi yetuklig darajasini hisobga olgan holda 1998—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi shaxmat boʻyicha sportchi-yoʻriqchisi sifatida faoliyatini davom ettirishga toʻgʻri keldi. Biroz tanafusdan soʻng 2002—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi shaxmat boʻyicha sportchi-yoʻriqchisi sifatida yana ishini davom ettirdi. 2008—2017-yilga qadar esa Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi katta murabbiyi boʻlib shaxmatchilar mahoratini oshirishga hissa qoʻshdi. 2017—2019-yillarda Shaxmat boʻyicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari Respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi boʻlib yoshlarga taʼlim bergach, uning sohadagi yutuqlarini va tajribasini hisobga olgan holda 2019-yilda Xalqaro Shaxmat Akademiyasi murabbiyi sifatida tan olindi.

Eʼtirof



Yegin Vladimir 1995-yilda Xalqaro sport ustasi darajsini oldi, 1979-yil shaxmat boʻyicha SSSR sport ustasi
FIDE murabbiyi (2012).
Shaxmat boʻyicha 1979-yilgi Oʻzbekiston SSR chempionati gʻolibi (17 balldan 12,5 ball) boʻldi.
2004 — 2007-yillardagi Oʻzbekiston chempioni, 2007-yilda u Timur Gareev va Anton Filippov bilan birga 13 balldan 9,5 ball toʻpladi. 2009-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi.
Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 1998-yilda shaxmat boʻyicha olimpiadalar, jamoaviy jahon chempionati va Osiyo jamoaviy chempionatlari ishtirokchisidir.
Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi Yegin Vladimir Nikolayevich Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Maksimal reyting — 2476 (2002-yil yanvar).

Natijalar




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz