Vladimir Vragov




Vladimir Nikolaevich Vragov (1945-yil 2-oktyabr — 2002-yil 4-iyun) — sovet va rus matematigi, Novosibirsk davlat universiteti rektori (1993-yildan 1997-yilgacha).

Biografiyasi



1945-yil 2-oktyabrda Oʻzbekiston SSR Urganch shahrida tugʻilgan. Uning otasi haydovchi bo'lgan va shu sababli oilasi tez-tez ko'chib yurishga majbur bo'lgan.

1963-yilda Novosibirskdagi 10-sonli maktabni tamomlagan va shu yili Novosibirsk davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi.

1968-yilda universitetni tamomlagach, NDU aspiranturasiga o'qishga kirdi.

1969-yildan Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Matematika institutida funksiyalar nazariyasi bo‘limida ishlagan.

1971-yilda V.N.Vragov nomzodlik, 1978-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Dissertatsiya himoyasidan so‘ng u Matematika institutiga ilmiy kotib, keyinchalik NDU prorektori etib tayinlandi.
Prorektorlik faoliyati bilan parallel ravishda o‘qituvchilik bilan ham shug‘ullangan. Uning rahbarligida 56 ta nomzodlik va 8 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
1993-yilda Vragov NDU rektori etib saylandi va 1997-yilgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritdi. Uning rahbarligida bir qancha yangi taʼlim yoʻnalishlari: “Sharqshunoslik”, “Iqtisodiyot va huquq” mutaxassisliklari, tibbiy-biologiya yoʻnalishi va ilmiy jurnalistika boʻlimi ochildi.
1997-yil bahoridan V.N.Vragov Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo'limida YuNESKO kafedrasiga rahbarlik qildi.

Xotira



Vladimir Vragov Novosibirskdagi janubiy qabristonga dafn etilgan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz