Vladimir Vapnik




Vladimir Naumovich Vapnik (6-dekabr 1936-yil) – sovet va amerikalik matematik, mashina oʻrganish nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Aleksey Chervonenkis bilan birgalikda empirik maʼlumotlardan bogʻliqlikni tiklash boʻyicha statistik nazariyani ishlab chiqqan va (Vapnik- Chervonenkis nazariyasi) bu empirik xavfni minimallashtirish tamoyilini asoslagan.

Tarjimai holi



Vladimir Vapnik 1943–1953-yillarda Toshkentdagi 18-maktabda tahsil olgan. 1958-yilda Samarqand shahridagi Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Vapnik 1964-yilda menejment muammolari institutida (Moskva) texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun A. Y. Lerner rahbarligi ostida izlanishlar olib bordi. 1984-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Naumovich 1990-yildan beri AQShda istiqomat qiladi. Vladimir Bell laboratoriyasida (1990–2002), NECda (2002-yildan) ishlagan. U qoʻllab-quvvatlovchi vektor mashinasi algoritmining hammualliflaridan biridir. Shuningdek, 1995-yildan beri Xollovey qirollik kollejida (London universiteti) va 2003-yildan Nyu-Yorkdagi Columbia universitetida professor lavozimida faoliyat olib borgan.

Karyerasi



Naumovich 2000-yilda Hava Sigelmann qoʻllab-quvvatlovchi vektorli klasterlashni ishlab chiqdi.

2002-yilda AT&Tni tark etdi va Nyu-Jersidagi NEC Laboratoriesga aʼzo boʻldi va Machine Learning guruhida ishladi.

Vapnik 2014-yil 25-noyabrda Facebook AI Research kompaniyasiga qoʻshildi va u yerda oʻzining uzoq yillik hamkorlari Jeyson Veston, Léon Bottou, Ronan Kollobert va Yann LeKun bilan birga ishladi. 2016-yilda Peraton Labs kompaniyasiga ham aʼzo boʻldi.

Mukofotlari



Vladimir Vapnik Gabor mukofoti, Kanellakis mukofoti (2008), Frenk Rozenblatt mukofoti (2012), Benjamin Franklin medali (2012), C&C mukofoti (NEC, 2013), Campe de Ferrier mukofoti (2014) va Jon fon Neyman medali (2017) bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz