Vladimir Vanke




Vladimir Aleksandrovich Vanke (1940–2009) – rus olimi, fizika-matematika fanlari doktori. Moskva davlat universiteti radiofizika kafedrasi professori.

Hayoti



Vladimir Vanke 1940-yil 13-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Moskva davlat universitetining fizika fakultetini (1964) va aspiranturasini (1967) tamomlagan. Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, shu yerda ishlagan. 1990-yilda Radiofizika kafedrasiga, 2008-yilda esa fotonika va mikrotoʻlqinlar radiofizikasi kafedrasi kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi hamda professori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Aleksandrovich Radiofizika, kosmik energiya, quyosh kosmik energiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha mutaxassis boʻlgan.

1970-yillarda Yaponiya koinot tadqiqotlari instituti olimlari Makato Nagatomo Susumi Sasaki bilan birgalikda orbitadagi kuchli quyosh massividan olingan elektr energiyasini mikrotoʻlqinli nurga aylantirilib, Yerga yuboriladigan kosmik elektr stansiyasi modelini ishlab chiqishdi.

Keyinchalik Aleksandrovich ushbu mavzuni hamkasblari boʻlmish professorlar Vladimir Mixaylovich Lopuxin, Vladimir Leonidovich Savvin, Leonid Vasilyevich Leskov bilan birgalikda ishlab chiqdi. Bundan tashqari, Vladimir mikrotoʻlqinli elektronika sohasida tadqiqotlar, shu jumladan siklotron mikrotoʻlqinli energiya konvertorini yaratish bilan shugʻullangan.

Vladimir 1996-yildan Moskva davlat universiteti rektorati huzurida tashkil etilgan fakultetlararo hamda fanlararo magnit tomografiya va spektroskopiya markazida yetakchi ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan.

Vanke fizika-matematika fanlari doktori boʻlgan (1980).

Vladimir Vanke 2009-yil 27-avgustda Moskva shahrida vafot etgan. U Rogojskoe qabristonida (1-uyda) oilaviy qabrga dafn etilgan.

Insholari



Vanke, Lopuxin va Savvin „Problemi solnechnix kosmicheskix elektrostansiy“ (1977) va „Sverxmaloshumyashiye usiliteli siklopotyunnix voln“ (1969) nomli oʻzlarining ilmiy ishlarini chop etishgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz