Vladimir Tyutkov




Vladimir Dmitriyevich Tyutkov (1919) — Sovet qishloq xo‘jaligi mashinalari konstruktori, Lenin mukofoti laureati (1967).  

Tyutkov 1939—1942-yillarda Qizil Armiyada safida xizmat qiladi.  

U Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatadi va 1947-yildan paxta mashinalari davlat konstruktorlik byurosida o‘z faoliyatini olib boradi.

Vladimir Tyutkov 1967-yilda qishloq xo‘jaligiga vertikal shpindelli ikki qatorli paxta terish mashinasini loyihalashtirish, ommaviy ishlab chiqarish va joriy etishdagi ishtiroki uchun Lenin mukofoti bilan taqdirlanadi.  

U O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi (1964) sanaladi. Shu ko‘rsatgan kashfiyoti uchun orden va medallar bilan taqdirlanadi.  

Shuningdek, Tyutkov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi IV chaqiriq deputati hamdir.

Nashrlar:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz