Vladimir Tyurdenev




Vladimir Lvovich Tyurdenev (1949-yil 22-aprelda tugʻilgan, Moskva, RSFSR, SSSR) — rus diplomati. Favqulodda va muxtor elchi (1995-yil).

Biografiyasi



SSSR Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini (MDXMI) (1971-yil) va SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasini (1983-yil) tamomlagan. Portugal, ispan va ingliz tillarida gapiradi.

1971-yildan diplomatik ishda faoliyat yuritadi.

1983—1991-yillarda — SSSRning Braziliyadagi elchixonasining birinchi kotibi, maslahatchisi, maslahatchi-elchisi.
1991—1992-yillarda — Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Lotin Amerikasi mamlakatlari boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻlgan.
1992—1995-yillarda — Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy va Janubiy Amerika departamenti boshligʻining oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, direktori boʻlgan.
1995—1996-yillarda — Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Lotin Amerikasi departamenti direktori.
1996-yil 8-iyun — 2000-yil 22-avgust davomida — Rossiya Federatsiyasining Argentina va Paragvaydagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2000-yil sentabr — dekabr oylari davomida — Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori v.b.
2000-yil dekabr — 2004-yil iyul davomida — Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori.
2004-yil 15-iyul — 2009-yil 23-noyabr davomida — Rossiya Federatsiyasining Braziliyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2004-yil 6-avgust — 2009-yil 23-noyabr davomida — oʻrindoshlik asosida Rossiya Federatsiyasining Surinamdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2009-yil 23-noyabr — 2021-yil 5-mart davomida — Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

Oilasi



Uylangan, oʻgʻli bor.

Mukofotlari



Doʻstlik ordeni (2014-yil 14-avgust) — Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatini amalga oshirishga, xalqaro madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun[8].
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorlig'i (2018-yil 30-may) — Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatini amalga oshirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun[9].
"Shon-sharaf" ordeni (2020-yil 28-dekabr) — Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosatini amalga oshirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik vijdonli diplomatik xizmati uchun[10].
Rossiya Federatsiyasi hukumatining minnatdorchiligi — mehnat muvaffaqiyati va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun

Xorijiy



„Gra-Cruz de Orden de Rio Branco“ ordeni (2009-yil 12-noyabr, Braziliya) — orden ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan diplomatlarga beriladi[11].
"Doʻstlik" ordeni (2013-yil 3-aprel, Oʻzbekiston) — koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar aloqalarni yanada kengaytirishga faol koʻmaklashishdagi ulkan xizmatlari uchun[12].
"Mehnat shuhrati" ordeni (2019-yil 29-avgust, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston-Rossiya strategik sherikligini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, ikki davlat savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni, mintaqalar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun[13].
Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi (2021-yil 16-mart, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik, har tomonlama hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirish va chuqurlashtirishga qaratilgan koʻp yillik samarali faoliyati, ochiq va konstruktiv siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim sohalarida ustuvor qoʻshma dastur va loyihalarni, parlamentlararo va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga katta shaxsiy hissa qoʻshgani, kadrlar tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatgani, respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar, shuningdek, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashda faol ishtirok etgani uchun[14].

Diplomatik daraja



2-darajali favqulodda va muxtor elchi (1991-yil 12-iyun)
1-darajali favqulodda va muxtor elchi (1993-yil 17-sentabr)
Favqulodda va muxtor elchi (1995-yil 18-iyul)

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz