Vladimir Stolyarov




Vladimir Pavlovich Stolyarov (1918.15.7, Chorjoʻy — 1971.16.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq, rassomi (1958). Samarqand badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1933—37). Respublika yosh tomoshabinlar teatrida (1938—39), Respublika xalq ijodi uyida (1939-yildan) ishlagan. S. amaliy sanʼat, bezak sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Xalq ustalari (kandakor, toʻquvchi, kashtadoʻz va boshqalar) uchun badiiy buyumlar bezagi eskizlarini tayyorlagan. Uning eskizlari asosida yaratilgan badiiy buyumlar koʻrgazmalarda yuksak baholangan. Naaoiy teatri uchun sahna pardalari, kashtadoʻzlik ("Gulkoʻrpa", popopda tikilgan, ipak, baxmal, 1965), zardoʻzlik ("Sanʼat xalqnikidir", 1958; "Bayram", 1958, hamkorlikda; "Girix", 1962 va boshqa, hammasi Amaliy sanʼat muzeyida) uchun yaratgan badiiy kompozitsiyalari, ayniqsa, diqqatga sazovor.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz