Vladimir Smirnov (geolog)




Vladimir Petrovich Smirnov (1884-yil 20-mayda tugʻilgan — 1961-yil 8-iyunda vafot etgan, Krivoy Rog, Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar) — sovet geologi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1936-yil), professor (1936-yil), Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944-yil). III-darajali geologiya xizmati bosh direktori (1948-yil). Otasi — Boris Preobrajenskiy

Biografiyasi



Vladimir Smirnov 1884-yil 20-mayda Rossiya imperiyasining Turgaysk viloyati Karabutak qoʻrgʻonida harbiy shifokor oilasida dunyoga kelgan. Akademik-olimning bolalik yillari Simbirskda oʻtgan.
Smirnov 1912-yilda M. V. Bayarunas boshchiligida Kaspiy pasttekisligining shimolidagi neftli tumanlarga uyushtirgan ekspeditsiyasida qatnashgan. U yerda Vladimir Qora-Chungum koʻli pastligidagi neft sigʻimini oʻrganish boʻyicha birinchi geologik-izlanishini olib borgan.

1913-yilda Kiyev universitetini tamomlagan. 1913-1915-yillarda Smirnov Kiyev universiteti va Kiyev tijorat institutida assistent sifatida ishlagan, paleontologiya va geologiyadan talabalarga maʼruzalar oʻqigan. Shu bilan birga u Davlat mulki vazirligining Podolskiy boshqarmasida katta texnik xodim boʻlib ishlagan va u yerda Kiyev viloyati gʻarbiy qismining geologik tuzilishini oʻrgangan.
1915-1918-yillarda Saratovda dars bergan. 1918-yildan Kiyev universitetida faoliyat koʻrsata boshlagan.

1918-1925-yillarda Kiyev xalq uyi, Oliy harbiy-siyosiy bilim yurti, Oliy harbiy pedagogika bilim yurti, tuman harbiy komissarligida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Ushbu maskanlarda qariyb 2 mingga yaqin maʼruza oʻqigan.

Vladimir Smirnov 1961-yil 8-iyunda Ukrainaning Krivoy Rog shahrida vafot etgan.

Ilmiy faoliyati



Smirnovning universitetdagi birinchi ilmiy ishi „Ледники и ледниковый период“ mavzusida yozilgan. Shuningdek, Vladimir Smirnov kiyevlik talabalarning tabiat tadqiqotchilari jamiyati tashkilotchilaridan biri boʻlgan.

Olim turli geologik davr va eralarda yer faunasi va florasining migratsiyasini tahlil qilish asosida Yer geologik oʻtmishining fizik-geografik sharoitlarini qayta qurish muammolari (paleogeografiya)ni oʻrgangan. Shu bilan birga, geologiyaning umumiy masalalari ustida ham ilmiy izlanishlar olib borgan. Vladimir Smirnov 80 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi hisolangan.

Ilmiy ishlari




Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz