Vladimir Smirnov




Vladimir Ivanovich Smirnov (1910.31.1 Moskva 1988.16.6) - rus geologi, akademik (1962), Mehnat Qahramoni (1980). Tojikiston—Pomir ekspeditsiyasi (1934—37) geologik partiyasi boshligʻi, Oʻrta Osiyo Haydarkon simob kombinatining bosh geologi (1941—44). 1949—52 yillarda Moskva rangli metallar va oltin institutining (1949—52), 1951-yildan Moskva universiteti professor Ilmiy ishlari ruda konlari geologiyasini oʻrganish bilan bogʻliq. S. yer ostida foydali qazilmalar shakllanishi va ularni miqdoriy baholash nazariyasini asoslab berdi. Ruda konlarining materiklar va okeanlarda shakllanish va joylashishining regional qonuniyatlarini aniqladi. Yer pusti rivojlanish tarixida ruda hosil boʻlishining endogen bosqichini belgilab berdi, ruda konlari hosil boʻlishining paleovulkanizm bilan bogʻliqligini isbotladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz