Vladimir Shtern




Vladimir Aronovich Shtern (1942-yil 21-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — sovet futbolchisi, himoyachi, murabbiy. SSSR sport ustasi.

Millati Yahudiy, Toshkentda tugʻilgan, bir muddat Kirovogradda yashagan, Yakov Shklovskiydan dars olgan. "Paxtakor" maktabida Sergey Arutyunov qoʻl ostida shugʻullangan, 1960-yilda oʻrinbosarlar bahslarida oʻynagan. 1962-1964-yillarda Toshkent viloyatining „Paxtakor/Politodel“ jamoasida oʻynagan. 1964-1973-yillarda u „Paxtakor“ safida toʻp surgan, 242 ta oʻyin oʻtkazgan (201 tasi Oliy-ligada), bitta gol urgan — 1967-yil 21-sentyabrda „Zenit“ga qarshi mehmonda (2:2) jarima maydinchasi tashqarisadan zarba berib gol urgan. 1973-yilda u "Andijanets" ikkinchi liga klubi tarkibida boʻlgan va shundan soʻng faoliyatini yakunlagan.

Yigirma yildan ortiq vaqt davomida „Paxtakor“ futbol maktabini boshqargan, keyin O‘zbekiston chempionati o‘yinlari komissari bo‘lgan.

1967/68-yilgi SSSR kubogi finalchisi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz