Vladimir Shishelov




Shishelov Vladimir Aleksandrovich (8-noyabr 1979-yil, Apsheronsk, Krasnodar Krasnodar oʻlkasi, RSFSR, SSSR) — rus va oʻzbek futbolchisi, hujumchi.

Faoliyati



Vladimir Shishelov 7 yoshidan boshlab futbolga qiziqqan. Professional faoliyatini esa Zarafshon shahrining „Progress“ jamoasida boshlagan. Uning birinchi murabbiy — Viktor Konstantinovich Pujalin hisoblanadi.

Uning birinchi professional klubi „Qizilqum Zarafshon“ boʻlib, 1996-yilda oʻynay boshlagan. 1997-1999-yillarda „Zarafshon Navoiy“ jamoasida toʻp surgan. U 2002-yilda Zimbru Kishinyovga koʻchib oʻtdi. U klubda ikki mavsum oʻynadi. Birinchi mavsumida u Liga oʻyinlarida 13 ta gol urdi va Liganing 2-eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2003-04-yilgi mavsumda u 15 ta gol urdi va Moldova milliy divizionining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Shishelov 2003-yilda Kishinyovning „Zimbru“ jamoasida oʻynab, Moldova kubogini qoʻlga kiritgan. Shishelov 2008-yilgi mavsum oxirida jamoa oʻyinlarida 23 ta gol urib, Birinchi divizion toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda ikkinchi oʻringa koʻtarilib olgan. 2009-yilda Vladimir mahalliy jurnalistlar tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra „Ural“ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2009-yil dekabr oyida u Birinchi divizionning yangi aʼzosi „Jemchujina-Sochi“ (Rossiya futbol klubi)klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Vladimir Shishelov 2014-yilning yanvarida professional faoliyatini boshlagan klubiga qaytgan. Oʻsha paytga kelib ushbu jamoa oʻz nomini ,,Qizilqum" nomi deya oʻzgartirgan.

U 2000-2012-yillar oraligʻida milliy terma jamoa safida 28 oʻyin oʻtkazib, 11 gol urgan.  U endi Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynay olmaydi, chunki u hozir Rossiya fuqarosi va Oʻzbekistonda ikki fuqarolikka ruxsat berilmaydi.

Yutuqlari



Klub



Shinnik Yaroslavl

Zimbru Kishinyov

Bunyodkor

Nasaf

Individual




Faoliyat



Terma jamoa uchun gollar



7 September 2012[5]

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz