Vladimir Sheglov




  Vladimir Petrovich Sheglov (1904-yil 15-iyun, Kazinka, Orlov guberniyasi — 1985-yil 23-yanvar, Toshkent) — sovet va o‘zbek astronomi, pedagog va fan ommalashtiruvchi, astrometriya va astronomiya tarixi sohasidagi mutaxassis sanaladi.

Biografiyasi



Sheglov 1924-yilda Moskva yersozlik texnikumini, 1930-yilda — Moskva geodeziya institutining astronomik-geodeziya fakultetini tamomlaydi.

U 1924—1926-yillarda Oliy geodeziya boshqarmasining Volga dala okrugida, 1930—1933-yillarda O‘rta Osiyo geodeziya boshqarmasida astrobazik partiya boshlig‘i va hisoblash byurosi boshlig‘i lavozimlarida ishlaydi .

Vladimir Sheglov 1933-yildan Toshkent rasadxonasida (1941-yildan esa rasadxona direktori sifatida) faoliyat yuritadi. U 1966-yilda Toshkent rasadxonasi negizida Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti bunyod etilib, Sheglov 1966-1983 yillarda mazkur institut direktori bo‘ladi.

U 1948-1970 yillarda O'rta Osiyo universiteti professori, 1966- yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining akademigi, 1974- yildan esa Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Fizika-matematika fanlari boʻlimi akademigi kotibi etib tayinlanadi.

V.P.Sheglov — Butunittifoq astronomiya-geodeziya jamiyati O‘zbekiston bo‘limi tashkilotchilaridan biri va birinchi raisi (1955-1976-yillarda) bo‘ladi.  

U O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964-yilda) unvonini oladi.  

Vladimiir Sheglovning asosiy ilmiy ishlari astrometriya va astronomiya tarixi sohasida edi. “Geveliyaning yulduzli osmon atlasi”ni nashr etish loyihasi bo‘yicha faol ishtirokchisi bo‘lib, SSSRda u to‘rtta tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida, to‘rtinchisi, Yaponiyada yapon tilida chop etiladi.

Oilasi

Nashr etilgan ilmiy ishlari



• V.P.Sheglov — Dmitriy Danilovich Gedeonov // Astronomiya jurnali — 1951-yil — T. 28. — 6-son. 

• V.P.Shcheglov — O‘zSSR Fanlar akademiyasi Toshkent Astronomiya rasadxonasi tarixi // Tr. / SSSR Fanlar akademiyasining Tabiatshunoslik va texnologiya tarixi instituti. — 1955. — T. 5.  

Mukofotlar va e'tiroflari




Manbalar




Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz