Vladimir Shapiro




Vladimir Mixaylovich Shapiro (1948-yil 25-fevralda Toshkentda tavallud topgan) — rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, O‘zbekiston akademik rus drama teatrning sobiq badiiy rahbari, Oʻzbekiston sanʼat arbobi(2000). Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Xalqaro Qirollik Badiiy Akademiyasi akademigi(2006).

Taʼlimi



1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutini, 1974-yildan 1979-yilgacha esa Leningrad teatr, musiqa va kinematografiya institutini tamomlagan.

Faoliyati



Ijodiy faoliyatini 1965-yilda Toshkentdagi Maksim Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida aktyorlikdan boshlagan. 1984—1990-yillarda Sankt-Peterburgda N. P. Akimov nomidagi akademik komediya teatrida rejissyor boʻlib ish yuritgan. 1988—1989-yillar oraligʻida Maksim Gorkiy nomidagi Toshkent rus akademik drama teatrida bir qancha spektakllarni yaratdi. 1990–yilda ushbu teatrda badiiy rahbar, 1991–yildan esa teatr direktori lavozimida faoliyat yurita boshlagan. Shapiro „Bir yildan soʻng oʻsha kun“ (B. Sleyd), „Telba hayot“ (S. Zlotnikov), „Grafinya Yuliya“ (A. Strinberg), „Hamma narsa bogʻda“ (E.Olbi), „Buyuk afsungarlik“ (E. De Filippo), „Shapaloq yeydigan kishi“ (L. Andreyev), „Kal xonanda“ (E. Ionesko), „Jorj Danden“ (J. Molyer), „Mexmonxona bekasi“ (K. Goldoni), „Har toʻkisda bir ayb“ (A. Ostrovskiy), „Zoyaning uyi“ (M. Bulgakov) va boshqa asarlarni saxnalashtirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz