Vladimir Saranchyov




Vladimir Semyonovich Saranchyov ( Saranchov ; 1841-yil- 1916-yil) – rus armiyasi general-leytenanti, Turkiston yurishlari (1869—1873) va rus-turk urushi (1877—1878) qatnashchisi.

Biografiyasi



Poltava viloyatining pravoslav diniga eʼtiqod qiluvchi zodagonlar oilasidan kelib chiqqan. 1859-yilda Petrovskiy Poltava kadet korpusini tugatgan va u yerdan Konstantinovskiy kadet korpusiga unter-ofitser sifatida xizmatga yuborilgan. Konstantinovskiy maktabidan 1860-yil 16-iyunda ofitser unvoni bilan Pavlovskiy qutqaruv polkiga joʻnatilgan. 1861-yilda Nikolayev Bosh shtab akademiyasiga oʻqishga kirgan va uni 1864-yilda tamomlagan. 4-piyoda diviziyasi shtab-kvartirasining katta adyutanti etib tayinlangan. Keyin Orenburg harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligida topshiriqlar (keyinchalik maxsus topshiriqlar uchun) boʻyicha shtab ofitseri boʻlib xizmat qilgan. 1868-yil 30-avgustda unga podpolkovnik unvoni berilgan .

1869-yilda Toʻrgʻay va Ural viloyatlarida qozoqlar qoʻzgʻolonini bostirishda qatnashgan. 1870-yilda Mangʻishloq yarim orolida isyon koʻtargan Adayev qoʻzgʻolonchilariga qarshi qaratilgan Guryev otryadini boshqargan. 1871-yil 1-yanvarda unga polkovnik unvoni berilgan. Oʻsha yili Orol dengizi va Ustyurt yaqinidagi hududlarni oʻrganish uchun yuborilgan Orol otryadiga boshliq etib tayinlanadi.

1873-yilda Xiva yurishida Orenburg otryadiga shtab boshligʻi etib tayinlangan, shu bilan birga piyoda qoʻshin boshligʻi lavozimida ham xizmat qilgan. Shu yilning 28-mayidagi Xivaga hujum paytida Orenburg otryadining boshligʻi general-leytenant N. A. Veryovkin yarador boʻlgach, otryad qoʻmondonligini Saranchyovga topshirgan, u o'sha yilning oxirigacha Veryovkin harakatlarini davom ettirgan. Xuddi shu yili 15-piyoda diviziyasi shtab boshligʻi etib tayinlangan. 1874-yil 6-yanvarda Xiva yurishidagi xizmatlari uchun unga „Jasorati uchun“ yozuvi tushirilgan tilla qilich berilgan.

1877—1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushida Bolqon operatsiyasida qatnashgan, operatsiya davomida 1877-yil 31-oktyabr buyrugʻi bilan 120-Serpuxov piyoda polkining komandiri etib tayinlangan. Harbiy xizmatlari uchun 1879-yil 27-iyunda general-mayor unvoni berilgan. Xuddi shu yili armiyaning piyoda askarlari zahirasiga, shuningdek, 120-Serpuxov piyoda polkining roʻyxatiga kiritilgan. Keyinchalik Odessa harbiy okrugi qoʻmondoni ixtiyorida boʻlgan. Soʻngra 2-Kavkaz armiyasi korpusi shtab boshligʻi, keyin esa 4-armiya korpusi shtab boshligʻi etib tayinlangan.

1887-yil 24-yanvarda u Bosh shtab zahirasiga kiritilgan va general-leytenant unvoniga sazovor boʻlgan. Kiyevning Tryoxsvyatitelskaya koʻchasidagi 3-uyda yashagan.

Mukofotlari



Mahalliy:

Xorijiy:

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz