Vladimir Safronov




Vladimir Sergeyevich Safronov (1939-yil 26-yanvar, Namangan — 2006-yil 21-noyabr, Chelyabinsk) — sovet va rus rassomi.

Biografiyasi



1939-yilda O‘zbekiston SSRning Namangan shahrida tavallud topgan, ota-onasi repressiyaga uchragan va surgunda etilgan (boshqa maʼlumotlarga ko‘ra, Safronov Leningradda tug‘ilgan, lekin Namanganda ro‘yxatga olingan). Otasi Safronov Sergey Sergeyevich (1914—1941-yillar). Onasi Shishkina Nadejda Mixaylovna (1921—1988-yillar).

1940—1944-yillarda Leningradda, 1944-yildan Chelyabinskda yashagan. 1955—1958-yillarda Chelyabinsk metallurgiya zavodida tokar boʻlgan. 1958—1961-yillarda Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. 1961—1966-yillarga kelib, Chelyabinsk elektrod zavodida grafit pechlarini yuklovchi va ularni tushiruvchi boʻlib ishlagan. 1966—1969-yillarda Leningraddagi Rossiya Badiiy Akademiyasining rassomchilik kurslarida taʼlim olgan va Admiraltiy zavodida grafik dizayner, 1969—1973-yillarda Chelyabinsk viloyat bosmaxonasida retushchi, keyinchalik sanoat grafik rassomi boʻlgan. 1984-yilda Magnitogorsk davlat pedagogika institutining grafika fakultetini ham tamomlagan. Safronov Chelyabinsk gumanitar fanlar instituti (hozirgi Rossiya-Britaniya menejment instituti, RBMI) dizayn fakultetida dotsent sifatida talabalarga dars bergan. 1983-yildan buyon SSSR Rassomlar uyushmasi, shuningdek, IAS (Internatinal Association of Art) UNESCO xalqaro tasviriy sanʼat assotsiatsiyasi aʼzosi.

Vladimir Safronov Rossiya Rassomlar uyushmasi Chelyabinsk viloyati grafik boʻlimi raisi hamda Rossiya Rassomlar uyushmasi mas’ul kotibi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ijodi



Safronov rassom, monumentalist, grafik rassom (molbert, kitob va kompyuter grafikasi) hisoblanadi. U eng soʻnggi sanʼat asari yoʻnalishlarida (impressionizm, postimpressionizm, kubizm, surrealizm, zamonaviy va abstrakt sanʼat, installyatsiyalar va boshqalar) ijod qilgan, eng murakkab usullarda, yaʼni kompozitsiya, landshaft, natyurmort, portret janrlariga koʻproq urgʻu bergan. Faoliyati davomida bir qator xalqaro va Rossiya koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Uning asarlari dunyoning 27 davlatidagi kolleksiyalaridan oʻrin olgan.

Koʻrgazmalar




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz