Vladimir Rusinov




Vladimir Alekseyevich Rusinov (1925.12.2, Rostov viloyati) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1985). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1950). 195061 va 1963-yildan Oʻzbekiston rus akademik drama teatrida. 1961—63 yillar Polsha teatrida ishlagan. R. keng diapazonli aktyor boʻlib, bu narsa unga komediyami, dramadami yoki fojiada rollarni ishonch bilan oʻynashiga keng yoʻl ochib berdi. Andrey ("Xayrli soatda"), Yakov, Alyosha, Aktyor ("Soʻnggilar", "Tubanliqsa"), Gerostrat ("Nomi oʻchsin"), shoh Fyodor ("Shoh Fyodor Ioannovich"), Gayev, Sorin ("Olchazor", "Chayka"), Qoʻziyev ("Shohi soʻzana"), Rikkardo ("Filumena Morturano"), Maxmud ("Katta sevgi"), Choʻpon, Mulladoʻst ("Maysaraning ishi"), Saidxon ("Qonli sarob"), Jadov ("Serdaromad joy"), Kontrolyor ("Oʻldir meni, jonginam!") kabi rollari ijodida alohida oʻrin tutadi. "Elyurt hurmati" ordeni (1998), "Shuhrat" medali (1995) bilan mukofotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz