Vladimir Rudnev
Vladimir Ivanovich Rudnev (1870 – 1951) – rus va sovet psixiatri, psixolog, tibbiyot tarixchisi. Tibbiyot fanlari doktori (1905), professor (1918).
U Kiyev psixiatriya jamiyatining asoschisi, Qozon nevropatologlar va psixiatrlar jamiyatining toʻliq aʼzosi, Odessa rus shifokorlari jamiyatining kotibi edi.
Hayoti
Vladimir Rudnev 1870-yilda yilda Novocherkasskda ruhoniy oilasida tugʻilgan.
Olti yoshidan u cherkov maktabida, toʻqqiz yoshidan klassik gimnaziyada oʻqidi. 1891-yilda Qozon universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirdi.
1897—1900-yillarda universitetni tugatgandan soʻng, u Kiyev universitetining asab va ruhiy kasalliklar klinikasida ordinator boʻlib ishladi. 1900-yilda Rudnev Odessaga koʻchib oʻtdi va 1910-yilgacha u yerda ishlagan. Rudnev Odessada shahar psixiatriya shifoxonasida ordinator boʻldi. Vladimir ishlash davomida 1905-yilda „Asab va ruhiy kasalliklar bilan bogʻliq titroqlar toʻgʻrisida“ doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
U tibbiyot tarixiga qiziqqan, Akropol va Gretsiya milliy muzeylarida tarixiy manbalar bilan ishlagan, Misrda (Qohira) tibbiy adabiyotlar va fir’avnlar mumiyolarini, Turkiyada esa Vizantiya tibbiyoti asarlarini oʻrgangan. Avstriya, Germaniya, Italiya, Polsha, Shveytsariyaga oʻquv safarlari uyushtirgan.
1910-yilda Rudnev Odessadan Saratovga koʻchib oʻtdi va u yerda mahalliy psixiatriya shifoxonasining direktori etib tayinlandi. 1914-yilda u asab va ruhiy kasalliklar kafedrasining privatdozenti, 1918-yilda Saratov universiteti tibbiyot tarixi va ensiklopediyasi kafedrasi professori va ayni paytda ijtimoiy fanlar fakultetining sud psixopatologiyasi professori etib tayinlandi.
1924-yilda Vladimir Ivanovich Oʻzbekistonga koʻchib keldi. Oʻzbekistonda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakulteti psixiatriya kafedrasi professori, shu bilan birga universitetning sharq fakultetining sud psixopatologiyasi va defektologiya kafedrasi professori etib saylandi. 1928-yilda Bokuga koʻchib oʻtdi va Ozarbayjon universitetining asab va ruhiy kasalliklar kafedrasi professori etib tayinlandi.
1932-yilda 1939-yilgacha Rudnev akademik nafaqada edi va Gippokrat asarlarini tarjima qildi. 1939-yildan Samarqand tibbiyot institutining psixiatriya kafedrasida ishlagan. 1945—1950-yillarda ushbu institutda tibbiyot tarixi kursidan dars bergan.
1950-yilda nogironligi sababli nafaqaga chiqdi. 1951-yilda Samarqandda vafot etgan.
Xizmatlari
V. I. Rudnev psixiatriya, psixoanaliz, psixologiya, neyrofiziologiya, nevropatologiya, tibbiyot tarixi, fiziologiya, falsafaning turli muammolarini oʻrgandi. Psixiatriya, nevropatologiya, psixoanaliz, neyrofiziologiya, tibbiyot tarixining turli muammolariga oid 50 dan ortiq maqolalar muallifi.
U psixoanaliz boʻyicha bir qator maqolalar muallifi:
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org