Vladimir Rojdestvenskiy




Vladimir Leonidovich Rojdestvenskiy (1897, Vladimir sh. — 1949, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Racm chizishni mustaqil oʻrgangan. 1923-yildan Oʻzbekistonda. Gazeta va jurnallar ("Vokrug sveta", "Mushtum" jurnallari taxririyatlari)da rassom. Rojdestvenskiy yaratgan karikatura, hajviy asarlar, tarixiy mavzudagi lavhalar, plakatlar obrazlarining taʼsirchanligi, fikr ifodalashdagi aniqligi bilan diqqatga sazovar: "Hamza" turkumi (1939); "Oʻzbekiston" (30-yillar), "Oʻzbekiston oʻtmishidan" (40-yillar) litografik turkumlari, plakatlari ("Harbiy xizmatga chaqirilgan yigitning qasami", "Gʻarbga bor, bahodir", 1942), Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlangan avtolitografiya turkumlari ("Jasorat", 1942), rangtasvir asarlari va boshqa "Navoiy" (1939), "Mannon Uygʻur", "Abror Hidoyatov" (1944) kabi portretlarida ijodkorlarning ilhom dunyosi ifodalangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz