Vladimir Riftin




Vladimir Aleksandrovich Riftin (1903.1(13).1, Sarapul sh., Udmurdiya — 1987.2.1, Toshkent] — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Harkov rassomlik institutini tugatgan (1928). 1941-yildan Oʻzbekistonda yashab ijod qilgan. R. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida Teatr dekoratsiyasi rassomligi kafedrasi tashkilotchilaridan (1954—80 yillar kafedra mudiri, 1980-yildan professor). R. har bir spektakl janr va xususiyatiga mos sahna bezaklari yaratishga intildi. "Qargʻa motkasi" (1947, P. Chaykovskiy), "Ulugʻbek" (1959, A. Kozlovskiy) operalari; "Balerina" (1952, G. Mushel), "Semurgʻ" (1957, B. Brovsin) baletlari; "Hurriyat" (1958, Uygʻun), "Fargʻona hikoyasi" (1959, T. Jalilov, B. Zeydman), "Toshbolta oshiq" (1960, M. Leviyev), "Mirzo Ulugʻbek" (1970, M. Shayxzoda) kabi drama va tragediyalar shular jumlasidan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz