Vladimir Putin uchun muzokaralar stoli




Vladimir Putin uchun muzokaralar stol i — 1990-yillarning oxirida Boris Yeltsin prezidentligi davrida Kremlda oʻrnatilgan, 16 kishilik, suratli oq levkas bilan qoplangan, qoraqayin daraxtidan yasalgan oval stol. Stolning uzunligi 6 metr va eni 2,15 metr boʻlib, stolning ustki qismi toʻliq qora qayin yogʻochidan yasalgan, asosi uchta oʻymali yogʻoch ustunga tayangan.

Tarixi



Stol Italiyaning Cantù shahridagi OAK Furniture kompaniyasi tomonidan 1995—1997-yillarda Kreml binolarini jihozlash boʻyicha tuzilgan shartnoma doirasida ishlab chiqarilgan. Stolning fotosurati 1999-yilda firma tomonidan nashr etilgan kitobda aks etgan. Boshqa maʼlumotlarga ko'ra, stol 2005-yilda ispaniyalik hunarmand usta tomonidan yasagan. Rossiya prezidenti administratsiyasi ishlar boshqaruvi matbuot kotibi Yelena Krilovaning taʼkidlashicha, stol italiyalik hunarmand ustalar tomonidan tayyorlangan. Stol 1996-yili Kremlga olib kelingan, stol sobiq Senat saroyi binosining ikki qismi oʻzaro bogʻlab turuvchi hovlining asosiy kirish joyidagi Oval zalda joylashgan.

Italiya va ispan ustalari oʻrtasidagi kelishmovchilik haqidagi xabarlar baʼzi kompaniyalardan olingan bir-biriga zid maʼlumotlardan keyin paydo boʻldi.

2022-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon yetakchilari, jumladan Emmanuel Macron, Olaf Scholz, António Guterres, Ilhom Aliyev, Ibrohim Raisiy, Viktor Orban bilan uchrashuvlarida ushbu stoldan foydalangan. Fotosuratlarda Putin stolning bir tarafida, hamkasbi esa boshqa tarafida oʻtirganini koʻrsih mumkin. Boshqa fotosuratlarda ham, Putin boshqa bunday stollarda rus amaldorlari bilan uchrashuvlar paytida xuddi shunday katta masofada oʻtirgan. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi vaqtida stol koʻplab internet memlar mavzusiga aylandi.
Maʼlumotlarga koʻra, Putin qoʻrqitish va hukmronlik imidjini yaratish maqsadida yoki COVID-19 bilan kasallanishdan qoʻrqib, uzun stoldan foydalanishni afzal koʻradi. Lekin Putin oʻsha davrda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Xitoy XXR rasi Si Szinpin bilan boʻlgan uchrashuvlarda oʻzaro yaqinlikda birga suratga tushishgan.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz