Vladimir Norov




Norov Vladimir Imamovich (31-avgust 1955-yil, Buxoro) — oʻzbek diplomati. 2022-yil 30-dekabrdan Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori. 2019-—2021-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi, 2022-yil 27-apreldan 30-dekabrgacha va 2006-2010-yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri, 1996-1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, Oʻzbekistonning Germaniya, Polsha, Shveytsariya, Lyuksemburg va Belgiyadagi sobiq elchisi.

Biografiyasi



Taʼlim



1972—1976-yillarda Buxoro pedagogika instituti talabasi. 1983—1985-yillarda Sovet Ittifoqi ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

Mehnat faoliyati



1976-1978 — Qurolli Kuchlar xizmatida. 1978-1982 — Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv boʻlimi tezkor vakili, katta tezkor vakili, 1982—1983-yillarda Buxoro shahar ichki ishlar boʻlimi jinoyat-qidiruv boʻlinmasi boshligʻi, 1985—1988-yillarda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki xavfsizlik boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, 1988—1990-yillarda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshligʻi, 1990—1992-yillarda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari — jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshligʻi, 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti, 1995—1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.
1996—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi, 1998-2003 — Oʻzbekistonning Germaniyadagi, oʻrindoshlik asosida — Polsha va Shveytsariyadagi elchisi, 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 2005—2006-yillarda Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi, 2006-yil 12-iyuldan 2010-yil 28-dekabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, 2010—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 2013—2017-yillarda Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi, 2017-yil 4-apreldan 2019-yil 1-yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktor (institut 1992-yilda davlat rahbarini „axborot-tahliliy taʼminlash“ maqsadida tashkil etilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari. 2019-yil 1-yanvardan 2021-yil 31-dekabrgacha Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi.
2021 yil 31-dekabrdan — 2022 yil 27-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan. 2022 yil 27-apreldan — 2022 yil 30 dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabrdagi farmoni bilan Markaziy Osiyo Xalqaro (MOXI) Instituti direktori etib tayinlandi. „Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilda PQ-4811-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, mintaqadagi xalqaro maqomga ega yagona davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi“ — zamonaviy sivilizatsiyalar xilma-xilligi va mintaqani barqaror rivojlantirish jarayonlarini tadqiq etish. Shuningdek, institut zimmasiga savdo va investitsiya, transport -kommunikatsiya, energetika, gumanitar, suv va atrof -muhitni muhofaza qilish, xalqaro munosabatlar va mamlakatlarda xavfsizlikni taʼminlash kabi sohalardagi istiqbolli yechimlarni o‘rganish va tahlil qilishdan iborat qator mas’uliyatli vazifalar yuklangan.

Davlat idoralari, muassasalar va elchixonalarda 45 yillik mehnat faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqishga qaror qildi. „Qarorimni qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorman“, — Silk Road Advisory konsalting kompaniyasini yaratdi va barcha aloqalarini O‘zbekiston tashqi siyosatini ilgari surish, mamlakatning xalqaro imidjini yaxshilash, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga investitsiyalar, innovatsion texnologiyalar va raqamli yutuqlar, jalb qilish deb yozadi Vladimir Norov o‘zining Twitter sahifasida.

Mukofotlari



Vladimir Norov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2003-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Unvon va martabalari



Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabasiga ega. Ingliz, nemis, rus tillarini biladi.

Oilasi



Oilali, 3 ta farzandi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz