Vladimir Markovnikov




Vladimir Vasilyevich Markovnikov [1838.13.(25).12 - 1904.29.1 (11).2] — rus organik kimyogari. A. B. Butlerovning shogirdi. Qozon universiteti professor (1870-yildan). Ilmiy ishlari organik birikmalarning tuzilish nazariyasini rivojlantirish hamda neft va alisiklik uglevodorodlar kimyosiga oid. Markovnikov molekulalarda atomlarning izomeriyasi va oʻzaro taʼsirini oʻrgandi, oʻrin almashish, birikish va parchalanish reaksiyalarining qator qonuni-yatlarini ochdi. 1869-yilda Morkovnikov qoidasiip kashf etdi. Suv elementlari yoki galogenvodorodlar qoʻshni uglerod atomlaridan ajralib hosil boʻlishini oʻrgandi. 80-yillardan boshlab Kavkaz neftlarini oʻrgana boshladi. Uglevodorodlarning yangi sinfini aniqlab, ularga naftenlar deb nom berdi. 5 aʼzoli naftenlarni oʻrgandi, koʻpchilik sikloparafinlarni, shuningdek, tarmoqlangan zanjirli parafinlarni sintez qildi. Amaliyot uchun zarur boʻlgan aromatik uglevodorodlarni sikloparafinlardan katalitik yoʻl bilan olish usullarini topdi. Markovnikov organik kislotalar, jumladan, izomoy kislotani ilk bor sintez qiddi. Shoʻr koʻllar va tuz konlarini oʻrganib, ulardan foydalanish yoʻllarini koʻrsatib berdi.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz