Vladimir Makarov




Vladimir Vasilyevich Makarov (1947-yilning 9-martida Stalinobod, SSSR da tugʻilgan — 1979-yilning 11-avgustida, Dneprodzerjinsk, Dnepropetrovsk viloyatida vafot etgan) — sоvet futbolchisi. Yarimhimoyachi, SSSR sport ustasi (1969-yil).

SSSR chempionatining bronza medali sovrindori (1974-yil).

Vladimir Vasilyevich Toshkentning „Paxtakor“ klubi a’zolari bilan roʻy bergan aviahalokatda vafot etgan (1979-yil).

Biografiyasi




Vladimir 1966-yilda „Energetik“ jamoasida (Dushanbe shahridagi futbol klub) oʻynagan. 1974-yilda u  „Chernomorets“ (Ukrainaning Odessa shahridagi futbol klubi)ga koʻchib oʻtgan.

Birinchi yili futbolchi 30 ta oʻyinda 13 ta gol urib, sovet futbolidagi eng muvaffaqiyatli mavsumda jamoaning eng yaxshi toʻpurari deb topilgan. Shu bilan birga, yangi kelgan oʻyinchining koʻplab urgan gollari jamoani gʻalaba qozonishiga xizmat qilgan (Paxtakor - 1:0,, Zorya - 2:1, Karpati - 2:0, Torpedo M - 1:0, „Shaxtyor“ — 1:0), yana ikkitasi samarali durangga erishishga yordam bergan (Qayrat — 3:3, „Dnepr» — 1:1) va  SSSR chempionatining bronza medaliga sazovor boʻlishiga hissa qoʻshgan.

Yil oxirida Vladimir Makarov SSSR Oliy ligasining ramziy debyutant jamoasiga qabul qilingan („Smena” jurnali sovrini) va Ukrainaning 33 ta eng yaxshi futbolchilari (1974-yili chap qanot yarim himoyachilari orasida 2-oʻrin) qatoridan joy egallagan.

Futbolchi keyingi ikki yil ichida jamoa ishtirokida 7 ta gol urgan va shundan soʻng „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. 1978-yilda u ligada beshta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Futbolchi keyingi ikki yil ichida jamoa ishtirokida 7 ta gol urgan va shundan soʻng „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. 1978-yilda u ligada beshta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Vladimir „Paxtakor“ futbol klubining boshqa a’zolari bilan birgalikda Toshkent shahridagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

2001-yilda Makarov XX asrning Odessadagi eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tan olingan  va barcha davrlarning „Chornomorets“ ramziy jamoasiga aylangan.

Yutuqlari




Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz