Vladimir Mahmudov




Vladimir Nosirovich Mahmudov (ruscha: Владимир Насырович Махмудов) — 1995-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshligʻi. General-leytenant.

Biografiyasi



Uning otasi Nosir Mahmudov O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan. Uning oʻgʻli Viktor Mahmudov 2013-yilda Birinchi Prezident Islom Karimov Farmoni bilan Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.

1944-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan.

1963-yildan SSRI Qurolli Kuchlarida.

1967-yilda V. I. Lenin nomidagi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan.

1967-1970-yillarda kursant vzvodi komandiri.

1970-yildan 1975-yilgacha — Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida kadetlar rotasi komandiri.

1978-yilda M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan.

1979-yil dekabr oyida Sovet qoʻshinlarining Afgʻoniston hududiga bostirib kirishida ishtirok etgan. 1979-yil dekabrdan 1981-yil dekabrigacha 51932-harbiy qism (108-motooʻqchi diviziyasining 181-motooʻqchi polki) komandiri lavozimida xizmat qilgan.

Ashxobod shahridagi korpus komandirining oʻrinbosari boʻlgan.

1989-1992-yillarda O‘zbekiston SSR harbiy komissari boʻlgan.

1992-yildan 1995-yil yanvarigacha — Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti boshligʻi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻi, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2005-yil 26-fevralda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz