Vladimir Lugovskoy




Vladimir Aleksandrovich Lugovskoy [1901.18.6(1.7), Moskva - 1957.5.6, Yalta] — rus shoiri. Ijodining dastlabki bosqichida konstruktivizm oqimi taʼsirida boʻlgan. "Doʻst-yorlarim iztiroblari" (1930) toʻplami uning bu oqim bilan uzil-kesil aloqasini uzganidan shahodat bergan. 20-asr 30- yil boshlarida Oʻrta Osiyoda birmuncha vaqt yashab, "Sahro va bahor bolsheviklariga" sheʼriy epopeyasini yaratgan (1-kitobi — 1931, 2-kitobi — 1933). Qora dengiz floti kemalarida qilgan uzoq muddatli safarlari natijasida "Yevropa" (1932) sheʼrlar kitobini chop etgan. "Hayot" (1933) avtobiografik dostonida L.ning voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili, "Kaspiy dengizi" (1936) va boshqa sheʼriy kitoblarida esa keskin lirizmga asoslangan oʻziga xos uslubi shakllana boshladi. Lugovskoy ijodining choʻqqisi "Asr oʻrtasi" (1958) kitobi hisoblanadi.

Lugovskoy 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonda yashab, Oybekning "Oʻch" dostonini va boshqa oʻzbek shoirlari sheʼrlarini rus tiliga tarjima qilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz