Vladimir Kozak
Vladimir Kozak 1993-yili 12-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati ukrain.Uning oʻsmirlik payti Namanganing Toʻraqoʻrgʻon shahrida futbollik faoliyatini amalga oshirgan uning ustozi Navbahorga oʻzi bilan birga olib boradi va futbolga kirib keladi
Klubdagi faoliyati
Vladimir Kozak professional futboldagi faoliyatini 2010-yili Paxtakor klubida, Toshkentning boshqa bir klubi Bunyodkorga qarshi kechgan oʻyinda boshlagan. U hozir ham ushbu klub sharafini himoya qilib keladi, shu vaqtga qadar u klub tarkibida 91ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12ta gol kiritgan. Oliy liganing 2012-yilgi mavsumida 5ta gol urgan, shulardan ikkitasini bitta oʻyinda Buxoro klubiga qarshi kechgan uchrashuvda urgan. Kozak 2014-yili ham oliy liga bahslarida 5ta gol urib, mamlakat chempionligini 2-marotaba qoʻlga kiritadi.
Terma jamoadagi faoliyati
Vladimir Kozak terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yilning 29-mayida Ummon terma jamoasi bilan kechgan oʻrtoqlik ucrashuvida oʻtkazgan. U Oʻzbekistonning yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasida ham oʻynagan. U Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar jahon chempionatida qatnashgan.
Yutuqlari
Klub
Xalqaro
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org