Vladimir Kovalevskiy




Vladimir Onufriyevich Kovalevskiy (1842.2(14).8, Latviyaning Dinaburg uyezdi Shustyanka qishlogʻi — 1883.16(28).4, Moskva) — rus tabiatshunosi, evolyusion paleontologiyaning asoschisi. A. O. Kovayayevskiyning ukasi. Peterburg huquqshunoslik bilim yurtini tugatgan (1861). Paleontologiya sohasida tadqiqot olib borgan. Qazilma suyak qoldiqlarini tadqiq qilish asosida ot ajdodlarining evolyusiyasini tushuntirib bergan. Organizmning moslashuvchanlik va moslashmaslik evolyusiyasi toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratgan, mezozoy va kaynozoy choʻkma jinslarining stratigrafiyasi masalalarini ishlab chiqqan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz