Vladimir Kotlyarov




 

Vladimir Alekseyevich Kotlyarov (1930-yil 6-oktabr, Moskva, SSSR – 1998-yil 6-aprel, Aqmoʻla, Qozogʻiston) – Qozogʻistonning birinchi xizmat koʻrsatgan futbol murabbiyi.

Biografiya



1945-yilda u „Krasniy Frazer“ zavodi jamoasida futbolchilik faoliyatini boshladi va Moskva yoshlar jamoasining sardori boʻldi. 1947-yilda Moskvaning „Torpedo“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. 1950-yilda u Olmaotaga koʻchib oʻtdi va u yerda Qozogʻiston SSRning birinchi raqamli jamoasi „Qayrat“ klubi safida oʻynadi. 1958-yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi va murabbiylik faoliyatini boshladi. Murabbiylik faoliyatida asosan Qozogʻiston jamoalari, jumladan, „Qayrat“, „Qaragʻandaning Shaxtyor“, "Pavlodar Traktor", „Tselinograd Tselinnik“ klublarini boshqargan. 1967-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga katta murabbiylikka taklif qilindi.

„Futbolchilarning taktik faoliyatining psixologik xususiyatlari“ tugallanmagan ish muallifi.

1998-yil 6-aprelda vafot etdi va Ostona shahar qabristoniga dafn qilindi.

Manbalar




Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz