Vladimir Kotin
Vladimir Georgiyevich Kotin (ruscha: Vladimir Georgievich Kotin; 1962-yil 28-mart, Moskva, SSSR) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan sovet figurali uchuvchisi. SSSR chempioni, Yevropa chempionatining toʻrt karra kumush medali sovrindori va 1978-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni. Vladimir Georgiyevich hozirda murabbiy boʻlib faoliyat yuritadi.
Faoliyati
Vladimir 5 yoshida konkida uchishni boshlagan. Dastlab u „Spartak“ (Leningrad), 1980-yillarda esa „Dinamo“ (Moskva) sport jamiyati sharafini himoya qilgan. Vladimir birinchi muvaffaqiyatiga 1978-yilda Sverdlovsk shahrida boʻlib oʻtgan SSSR xalqlarining IV qishki Spartakiadas turnirida oʻsmirlar toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritganida erishgan, soʻng oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan. 1979-yilda SSSR chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. 1980-yilda milliy terma jamoaga kirgan va 1981-yilgi Yevropa chempionatida 6-oʻrindan joy olgan. Vladimir 1983-yilgi Yevropa chempionatida erkin dastur namoyishida eng qiyin elementni bajarib, 3-oʻrinni egallagan. Kotinning koʻzga koʻringan yutugʻi 1985—1988-yillardagi Yevropa chempionatida toʻrtta kumush medal (bundan tashqari, 1985-yilda erkin dasturda gʻolib chiqqan) boʻlgan. 1986-yilgi Jahon chempionatida Kotin qisqa va erkin dastur boʻyicha uchinchi (5,9 ball bilan) oʻrinni oldi, ammo yakuniy natija boʻyicha atigi 9-oʻrindan joy oldi.
Murabbiylik faoliyati
Vladimir Kotin 1998-yildan boshlab murabbiy E. A. Chaykovskayaga figurali uchuvchilar M. Butirskaya, Yuliya Soldatova, Lyudmila Nelidina va Sergey Davidov va boshqalar bilan ishlashda yordam bera boshlagan. Birga ishlovchi murabbiylar oʻzlarining katta muvaffaqiyatlariga 1999-yilda Butirskaya jahon chempionatida chempion boʻlganida, Soldatova esa uchinchi oʻrinni egallaganida erishganlar.
Natijalari
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Vladimir Kotin — sovet va rus figür bo‘yicha muntazam ravishda muvaffaqiyat qozongan sportchi. U 1962-yilda tug‘ilgan va 1980-yillar va 1990-yillarda faoliyat yuritgan. Vladimir Kotin — bir necha marotaba Sovet Ittifoqi chempioni, shuningdek, jahon va Evropa chempionatlarida yuqori o‘rinlarni egallagan tanilgan figürskater.
U 1988-yilgi Qishki Olimpiadada ham ishtirok etgan va o‘zining texnik va san’atkorlik mahorati bilan ajralib turgan. Kotinning chiqishlari ko‘plab muxlislar tomonidan yuqori baholangan va u figürskating taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan sportchi sifatida e’tirof etilgan.
Keyinchalik Vladimir Kotin murabbiylik faoliyatiga ham o‘tgan va yosh skaterlarni tayyorlashda o‘z tajribasini o‘rtoqlashgan. U figürskating dunyosida hurmatga sazovor shaxs sifatida qolmoqda.
Agar Vladimir Koting haqida yanada batafsil ma'lumot kerak bo‘lsa, uning sport faoliyati, asosiy g‘alabalari yoki murabbiylik faoliyati haqida so‘rashingiz mumkin.