Vladimir Kilikevich




 

Vladimir Vladimirovich Kilikevich (ukraincha: Володимир Володимировіч Кілікевіч; 30-noyabr, 1983-yil) — ukrainalik sobiq futbolchi, hujumchi. Yarud klubi bosh murabbiyi.

Klubdagi faoliyati



2000-yilda Kilikevich professional faoliyatini „Ilyichevets“ klubida boshlagan. Ilychevetsning asosiy jamoasida Kilikevich 37 ta oʻyinda qatnashdi va birorta ham gol ura olmadi. „Mariupol-2“ futbol klubiga oʻtdi. „Ilyichevets-2“ klubida 83 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan.

2007-yilda „Aleksandriya“ klubi bilan shartnoma imzoladi va bu klubda 1 yil oʻynadi. Shu vaqt ichida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Keyinchalik u Finlandiyaning „Oulun Pallo“ klubiga sotildi. Uning navbatdagi manzili esa Finlandiyaning „Tornyon Pallo“ jamoasi boʻldi. 2009-yil oʻrtasida shartnomani bekor qilib, Ukrainaga qaytdi.

Ukrainada u „Desna“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 2009-yilning sentyabriga qadar jami 6 oʻyinda maydonga tushib, 1ta gol urdi. 2009-yil oxirida Moldovaning „Iskra-Stal“ klubiga oʻtdi va u yerda 2012-yil oxirigacha oʻynadi. Shu vaqt ichida 43 ta oʻyinda maydonga tushdi, 19 ta gol urdi.

2013-yil boshida Samarqandning „Dinamo“ klubi Kilikevichga eʼtibor qaratdi. „Dinamo“ tarkibida Kilikevich yarim mavsum oʻynadi va shu vaqt ichida liganing 12 ta oʻyinida qatnashib, 2 ta gol urdi. 2013-yil oxirida oʻzbekistonning boshqa klubi — „Buxoro“ ga oʻtdi.

2015-yilning bahorida tajribali hujumkor yarim himoyachi Estoniya Meisterligasi klubi — „Narva-Trans“ bilan shartnoma imzoladi. 2015-yil sentyabr oyi oxirida „Nomme Kalju“ga qarshi kubok oʻyinida Kilikevich xorijiy jamoalar safida oʻzining 50-golini urdi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati



Vladimir Kilikevich 2003-yilda Ukraina yoshlar terma jamoasi tarkibida 1 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.

Murabbiylik faoliyati



2020—21-yilgi mavsum boshidan u Ukraina Ikkinchi ligasida debyut qilgan Mariupolning „Yarud“ klubini boshqargan.

Yutuqlari



„Iskra-Stal“ tarkibida

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz