Vladimir Karpov




Karpov Vladimir Vasilyevich (28-iyul 1922, Orenburg — 19-yanvar 2010, Moskva) — rus yozuvchisi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va urush Qahramoni (1944-yilning, 6-iyul). Toshkent harbiy bilim yurti (1942), harbiy akademiya (1947) va Moskvadagi adabiyot institutini (1954) tugatgan. 1930 — 1959, 1968—73 yillarda Toshkentda yashagan va ishlagan. Harbiylar hayotidan hikoyalar, qissalar, romanlar („Mangu jang“, 1967; „Marshallik nishoni“, 1970; „Tirik olinsin!“, 1975) va „Sarkarda“ (1984) hujjatli qissasini yozgan. „Marshal Jukov, uning safdoshlari va dushmanlari urush va tinchlik yillarida“ (1989) kitobi muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureati (1970).

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz