Vladimir Jurin




Vladimir Dmitriyevich Jurin (1891.4.5, hozirgi Tatariston Respublikasi Tetyushi sh. — 1962.19.8, Moskva) — gidrotexnik-muhandis, texnika fanlari dri (1945), prof. (1928), muhandislik-texnika xizmati generalmayori (1943). Turkistondagi irrigatsiya ishlari boshqarmasi (Moskva)da ishladi (1918—21). Mirzachoʻl va Chuy (Qirgʻiziston) vodiysini oʻzlashtirish loyihasida qatnashgan. Oʻrta Osiyo untining meliorativ-muhandislik fakultetida oʻqituvchi, dekan (1921—25). Uning tashabbusi va rahbarligida Toshkent sh.da tashkil qilingan Oʻrta Osiyodagi birinchi Suv xoʻjaligi tajriba-tadqiqot instituti (1932-yildan hozirgi V. D. Jurin nomidagi Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutima direktor (1926—30). 30-y.lardan Rossiyadagi yirik gidrouzel qurilishlarida rahbar lavozimlarida ishladi. Ilmiy ishlari irrigatsiya qurilishlarida gidromexanizatsiya usullarini qoʻllash, amaliy gidravlika, suv xoʻjaligi inshootlarini loyihalash masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz