Vladimir Ivanovich Popov




Vladimir Ivanovich Popov (1907.23.2, Sankt-Peterburg — 1991.25.11, Toshkent) — geolog. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1968), geol.mineralogiya fanlari doktori (1939), professor (1940), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika ar-bobi (1957). Oʻrta Osiyo universitetining fizikamatematika fakultetini tugatgan (1927). Pomir—Tojikiston geologik ekspeditsiyasida geolog/1927—39), universitetda professor (1939— 42). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining aʼzosi va ishlab chikaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi (SOPS)ning raisi (1970—74). Pomirda oltinning boy sochma konlarini topib (1927), bu hududning metallogenik va geokimyoviy sxemasini tuzgan. Ilmiy ishlari, asosan, choʻkindi jinslarning fatsial komplekslarini aniklash va fatsial-paleogeografik haritaga tushirish me-todikasi, geologik formatsiyalar tasnifi va boshqalarga bagʻishlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz