Vladimir I




Vladimir I (7-1015) - Novgorod knyazi (969 y.dan), Kiyevning ulugʻ knyazi (980 y.dan) Svyatoslav I ning kenja oʻgʻli. Vyatichlar, radimichlar va yatvaglarni boʻysundirgan; bijanaklar, Volga Bulgʻoriyasi, Vizantiya va Polsha bilan urush olib borgan. Uning davrida Desna, Osyotr, Trubej, Sula va b. daryolar boʻylab mudofaa istehkomlari barpo etilgan, Kiyev sh. qaytadan mustahkamlanib, toshdan inshootlar kurilgan. 988—989 yillarda xristianlikni davlat dini sifatida joriy etgan. V. I davrida Qad. Rus davlati ravnaq topgan, uning xalqaro obroʻsi oshgan. Rus sheʼriy kissalarida V. 1 "Krasnoye Solnishko" ("Quyosh") deb atalgan. Rus pravoslav cherkovi tomonidan avliyolar qatoriga qoʻshilgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz