Vladimir Gordlevskiy




Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy [1876.25.9(7.10), Sveaborg — 1956.10.9, Moskva] — rus sharqshunosi, turkiyshunos; akademik (1946). Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1954), filol. fanlari doktori (1934). Moskvadagi Lazarev nomidagi Sharq tillari instituti (1899) va Moskva universiteti (1904)ni tugatgan. Sharq tillari instituti (keyinchalik Moskva Sharqshunoslik instituti)da oʻqituvchi, professor (1907— 48), sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida boʻlim boshligʻi (1948—56). Asosiy ilmiy ishlari turk tili, adabiyoti, ogʻzaki ijodi, Turkiya tarixi, etnografiyasi va b. ga bagʻishlangan. G. "Turk tili grammatikasi" (1928) qoʻllanmasi muallifi.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz