Vladimir Dvorkovich
Vladimir Yakovlevich Dvorkovich (1937-yil 30-dekabr, Taganrog — 2005-yil 29-iyun, Moskva) — xalqaro shaxmat hakami, Rossiya shaxmat federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi.
Biografiyasi
1937-yil 30-dekabrda Taganrog shahrida 31-sonli aviatsiya zavodining iqtisodchisi Yakov Isakovich Dvorkovich oilasida tugʻilgan. Taganrogdagi «A.P. Chexov» nomidagi № 2-sonli oʻrta maktabda oʻqigan.
1960-yilda Taganrog pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tamomlagan. 1960-yillarda Taganrog radiotexnika institutida fizika kafedrasida ishlagan.
1982-yildan 1984-yilgacha SSSR shaxmat federatsiyasining ijrochi kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. FIDE tomonidan tan olingan va tasdiqlangan individual koeffitsientlarni hisoblash tizimi muallifi (T. L. Shmulyan bilan hammualliflikda). U jahon chempioni Garri Kasparovning murabbiylar jamoasi aʼzosi edi. U yuzlab shaxmat turnirlarida bosh hakami boʻlgan. Umrining soʻnggi yillarida asosiy ishidan tashqari „Exo Moskvi“ radiostansiyasida shaxmat boʻyicha doimiy ekspert boʻlib ishlagan.
Vladimir Dvorkovich kitoblari
Iqtiboslar
Vladimir Yakovlevich ketganidan keyin u yashagan va bizning umumiy shaxmat ishimizga foyda keltirgan davr ham oʻtib ketdi.
— V. Kramnik
Xotira
Oilasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org